«bosh vazir» tegli maqolalar


Qozog‘istonning yangi bosh vaziri etib Oljas Bektenov tayinlandi
6 fevral 2024, 15:25

Qozog‘istonning yangi bosh vaziri etib Oljas Bektenov tayinlandi

Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘iston Prezident administratsiyasi rahbari Oljas Bektenovni bosh vazir etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Toqayev, shuningdek, hukumatning iste’fosi va Bektenov nomzodi yuzasidan izoh berdi.

O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida 800 mln yevrodan ziyod investitsiya va savdo bitimlari imzolandi
12 oktabr 2023, 11:43

O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida 800 mln yevrodan ziyod investitsiya va savdo bitimlari imzolandi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Chexiyaga rasmiy tashrifi yakunida 800 mln yevrodan ziyod investitsiya va savdo shartnomalari, shuningdek, readmissiya va tranzit, diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish kabi bitimlar imzolandi.

“Tiyin-tiyinigacha aybdorlardan undirib olinadi”. Bosh vazir matbuot kotibi Sergelidagi portlash zararini davlat qoplab berayotgani haqida
30 sentabr 2023, 09:46

“Tiyin-tiyinigacha aybdorlardan undirib olinadi”. Bosh vazir matbuot kotibi Sergelidagi portlash zararini davlat qoplab berayotgani haqida

Sergelidagi aholi turar joy binolari va xonadonlarini ta’mirlash uchun davlat hisobidan ishlatilgan pullar tiyin-tiyinigacha aybdorlardan undirib olinadi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi shu mavzuda bo‘lgan bahs-munozaralardan so‘ng ma’lum qildi.

Bosh vazirning amaldorlarga yo dinni, yoki davlat ishini tanlashi talabini qo‘ygani rad etildi
14 sentabr 2023, 20:49

Bosh vazirning amaldorlarga yo dinni, yoki davlat ishini tanlashi talabini qo‘ygani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston bosh vazirining amaldorlarga yo dinni, yoki davlat ishini tanlash talabini qo‘ygani haqidagi xabarlar tarqaldi. Hukumat rahbari matbuot xizmati ushbu xabarlarni rad etib, tarmoq foydalanuvchilaridan bunday xabarlarga ishonmaslikni so‘radi.

14 marta sudlangan tadbirkor 2 mingdan ortiq fuqaroni chuv tushirdi. Hukumat muammoni qanday hal qilmoqchi?
7 avgust 2023, 11:51

14 marta sudlangan tadbirkor 2 mingdan ortiq fuqaroni chuv tushirdi. Hukumat muammoni qanday hal qilmoqchi?

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Aziya Invest Favorit” MCHJga pul to‘lab, uylarini ololmayotgan fuqarolar bilan uchrashdi. 14 marta sudlangan kompaniya rahbari Hayrulla Xatamov va uning oila a’zolariga tegishli 200 mlrd so‘mlik mulk xatlandi. Hukumat muammoni hal qilish yuzasidan o‘z taklifini bildirdi.

“Ortingizda prezident turibdi. Shuning uchun qo‘rqmanglar”. Bosh vazir — qurilish kompaniyasidan aldanganlarga
21 iyul 2023, 21:57

“Ortingizda prezident turibdi. Shuning uchun qo‘rqmanglar”. Bosh vazir — qurilish kompaniyasidan aldanganlarga

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Aziya Invest Favorit`dan kvartira sotib olgan fuqarolar bilan uchrashdi. U prezident tomonidan yuborilganini aytib, muammoni hal qilishga va’da berdi: “Ortingizda prezident turibdi, shuning uchun qo‘rqmanglar”. Uy qurilishini yakunlashga boshqa korxonalar jalb etiladi.

Bekzod Shukurov bosh vazirga matbuot kotibi bo‘ldi
11 mart 2023, 11:55

Bekzod Shukurov bosh vazirga matbuot kotibi bo‘ldi

Bosh vazir matbuot kotibi lavozimiga avval hukumatning Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri lavozimida ishlagan Bekzod Shukurov tayinlandi.

Pokiston bosh vaziri Imron Xon lavozimidan ozod etildi
4 aprel 2022, 11:06

Pokiston bosh vaziri Imron Xon lavozimidan ozod etildi

Pokiston prezidenti Orif Alviy bosh vazir Imron Xon taklifiga binoan mamlakat parlamentini tarqatib yuborgandi. Shundan so‘ng, bosh vazirning o‘zi ham lavozimidan ozod qilindi. Imron Xon muvaqqat bosh vazir tayinlangunga qadar mazkur lavozimda qoladi. Mamlakatda parlament saylovlari 90 kundan so‘ng o‘tkazilishi kutilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etiladi
11 fevral 2022, 15:30

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etilishini ma’lum qildi. Unga bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qiladi, uning o‘rinbosari ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bo‘ladi. Hududiy komissiyalarga esa hokimlar rahbar etib tayinlanadi. Komissiyalar yo‘llar holati va mavjud infratuzilma hamda avariya o‘choqlarini o‘rganadi.

Abdulla Aripov Qozog‘istonning yangi bosh vazirini tabrikladi
12 yanvar 2022, 10:29

Abdulla Aripov Qozog‘istonning yangi bosh vazirini tabrikladi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Alixan Smailovni Qozog‘istonning yangi bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi. Alixan Smailov esa Qozog‘iston qardosh O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirishda sodiq qolishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
5 noyabr 2020, 20:57

O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevni qabul qildi.

Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi
28 sentabr 2020, 17:58

Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Tojikistonga tashrif buyuradi.

Yosixide Suga Yaponiya yangi bosh vaziri bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
14 sentabr 2020, 14:57

Yosixide Suga Yaponiya yangi bosh vaziri bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Yaponiyaning yaqinda iste’foga chiqqan bosh vaziri Sindzo Abening o‘rniga uning yaqin sheriklaridan biri, hukumat bosh kotibi Yosixide Suga ushbu lavozimni egallashi ma’lum bo‘ldi. Yosixide Suga deputatlar tomonidan mamlakatda hukmron Liberal-demokratik partiyasining rahbari etib saylandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting